UZLIVESTOCKChorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti

Biokimyo laboratoriyasi

Kvant nuqtalar asosida sut va asal tarkibidagi antibiotik moddalarni aniqlovchi biosensorlar yaratish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28-martdagi “O‘zbekiston respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4254 son qaroriga asosan “Kimyo” laboratoriyasi tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, bazilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-67-son asosan “Biokimyo” laboratoriyasiga o‘zgartirilgan. Hozirgi kunda “Biokimyo” laboratoriyasida Dadajonova Gulnoza Abdulvoxidjon qizi rahbarlik qilib kelmoqda.

Erishilgan natijalar

Laboratoriya olimlari tomonidan 2021-2023 yillar davomida “Sut tarkibidagi antibiotik moddalarni aniqlovchi biosensorlar yaratish” mavzusi bo‘yicha Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot institutida ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi. Optik va elektron xossaga ega kvant nuqtalar oddiy suvli usulda sintez qilindi. Ular asosida 2 xil antibiotik moddalarni aniqlaydigan biosensorlar yaratildi. Sinez qilingan biosensorlarning morfologik, optik, elektron va mikroskopik xossalarini o‘rganish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi.

Hozirgi paytdagi ilmiy izlanishlarning asosiy yo‘nalishlari

2024-2026 yillar uchun laboratoriya olimlari tomonidan “Asal tarkibidagi antibiotik moddalarni aniqlovchi biosensorlar yaratish” mavzusi bo‘yicha institutda ilmiy asosda oksitetratsiklin va xloramfenikol antibiotik moddalarini aniqlovchi biosensor sintez qilish usullarini yaratish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Laboratoriyada biosensorlarning asosi hisoblangan kvant nuqtalarini sintez usullari olib borilib, olingan namunalarning optik, lyuminessens, morfologik xossalari ilmiy tahlil qilinmoqda.

Istiqboldagi rejalar

Laboratoriya olimlari tomonidan erishilgan ilmiy natijalarni oziq-ovqat xavfsizligi laboratoriyalarida qo‘llash. Ilmiy asosda ishlab chiqarilgan biosensor yordamida laboratoriylarda oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi antibiotik moddalarini tahlil qilishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Manba: institut kitobi (Toshkent, 2024). Ma’lumotlar 2024-yil holatiga ko‘ra keltirilgan.

Laboratoriyalar