UZLIVESTOCKChorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti

Asosiy ilmiy yutuqlar

Tadqiqot sohalari

Asosiy ilmiy yo‘nalishlar

Qoramolchilik

Qoramollarning zoti va mahsuldorligini takomillashtirish, yangi tip, liniya va oilalar yaratish, molekulyar-genetik tadqiqotlar hamda embrion ko‘chirib o‘tkazish.

Batafsil

Qo‘ychilik va echkichilik

Go‘sht-yog‘ va go‘shtdor-serjun yo‘nalishidagi qo‘ylar, angor va sutdor echkilar seleksiyasi: “Aqchasoy”, “Avjazsoy”, “Farg‘ona-Rishton-Dasht” tiplari, “Chust” va “Dasht”…

Batafsil

Parrandachilik

Xonaki parrandalarning yangi krosslari va duragaylarini yaratish; “O‘zbekiston” krossi va aholi xonadonlari uchun mahsuldor tovuqlar.

Batafsil

Asalarichilik

Mahalliy populyatsiyadagi asalarilarning yangi liniyalarini yaratish, sun’iy usulda ona ari yetishtirish va urug‘lantirish, oziqlantirish usullari.

Batafsil

Yilqichilik

Qorabayir zotli otlar genofondini saqlash, yangi tizim va liniyalar yaratish, madaniy yaylovlar va otlarni saqlash texnologiyalari.

Batafsil

Quyonchilik

Quyonlarni jadal yetishtirishning akseleratsion texnologiyasi, go‘sht yo‘nalishidagi duragaylar, oziqlantirish va saqlash me’yorlari.

Batafsil

Ozuqa ekinlari va yem-xashak bazasi

Ozuqabop ekinlar seleksiyasi va birlamchi urug‘chiligi: “O‘zbekiston-2018” makkajo‘xori, “Shalola” javdari, “Qibray” qashqarbedasi, “Hosildor” xashaki lavlagi navlari.

Batafsil

Genetika va seleksiya

Genom seleksiyasi va genetik pasportlashtirish: qoramollar genotipini o‘rganish, DNK tahlillari va xalqaro genetik bazalar bilan ishlash.

Batafsil

Ilmiy bo‘limlar Laboratoriyalar Ilmiy yutuqlar

Natijalar

Ilmiy ishlanmalar

TMR oziqlantirish texnologiyasi

Janubiy Koreyaning TMR oziqlantirish texnologiyasi 600 ga yaqin aholi xonadonida joriy qilindi. Kitobga ko‘ra, sut mahsuldorligi 30% gacha, buqachalar tirik vaznining o‘s…

Batafsil

2024–2026

Biogumus va oqsilga boy biomassa

Kaliforniya qizil yomg‘ir chuvalchangi yordamida organik chiqindilardan biogumus ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan; qora askar pashsha (Hermetia illucens) lichinkasidan o…

Batafsil

Asosiy ilmiy yutuqlar

Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti Respublikada yetakchi ilmiy muassasa hisoblanadi. Institut faoliyati davomida yuzlab fan nomzodlari, falsafa doktorlari hamda fan doktorlari yetishib chiqqan bo‘lib, chorvachilik va parrandachilik tarmoqlari rivojida munosib hissalarini qo‘shib kelishmoqda.

Andijon viloyatida shvits zotli qoramollarning yangi “Vodiy tipi” hamda “Emil”, “Roksi” zavod liniyalari, “Navbaxor” mahsuldor oilasiga patent olindi.

Buxoro viloyatida qizil cho‘l zotli qoramollarning 10 ta yangi sermahsul oilalari yaratildi. Yaratilgan yangi tipning o‘rtacha sut mahsuldorligi 5000-5500 kg, 4,0-4,2 foiz yog‘lilikni, zavod liniyalarida esa o‘rtacha sut mahsuldorligi 5600-6000 kg ni tashkil etadi.

Qoramollar genotipini o‘rganish, ularning nasl va mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini oldindan aniqlash imkonini beradigan, genom seleksiyasi natijasida qoramollarni tanlash va saralash poda mahsuldorligini 50% gacha oshirish imkonini beruvchi genetik pasportlashtirish bo‘yicha molekulyar-genetik tadqiqotlar yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu tadqiqotlar O‘zbekistonda ilk bor Bushuyev zotiga mansub buqa genetik tahlil qilindi va genetik pasporti yaratilmoqda. DNK tahlillari xalqaro genetik bazaga kiritildi. Kelgusida ushbu ma’lumotlarga tayangan holda buqa urug‘idan tug‘ilgan buzoqlarni nasl va mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini oldindan bashorat qilish va tez fursatda poda tarkibini yaxshilash mumkin bo‘ladi.

Qoramollarni sut va go‘sht mahsuldorligini oshirishda Janubiy Koreyaning TMR oziqlantirish texnologiyasi aholi honadonlarida joriy qilindi. Texnologiyani yo‘lga qo‘yilishi davomida kichik fermer xo‘jaliklari va aholi honadonlari uchun TMR ozuqasini tayorlovchi mini mikser texnikalari yaratildi.

Toshkent viloyatining Oxangaron tumanida mahalliy jaydari qo‘ylarning mahsuldorligidan 10-15 %-ga yuqori bo‘lgan yangi “Aqchasoy” tipi yaratildi va patent olindi. Yangi tipga xos naslli qo‘chqorlarning tirik vazni o‘rtacha 114 kg-ni (rekordchilari 150-170 kg), sovliqlarniki 71 kg-ni (rekordchilari 80-90 kg) tashkil etdi. Yarim mayin jun beruvchi go‘shtdor-serjun (merinos) qo‘ylar 2017 yilda Ohangaron tumanida 105 boshni tashkil etgan bo‘lsa, 2022 yilga kelib 2 ming boshdan ortiq go‘shtdor-serjun (merinos) qo‘ylarning genofond suruvlari yaratildi. Shuningdek, qo‘ylarning yangi “Avjazsoy” tipi yaratilib, patent olish uchun intellektual mulk agentligiga xujjatlar taqdim etilgan. Respublikamizda sanoatbop jun yetishtirish maqsadida yarimmayin jun yo‘nalishidagi go‘shtdor-jundor qo‘ylarning genofondi saqlandi va ko‘paytirildi. 2019 yilgacha bu qo‘ylarning bosh soni Ohangaron tumanida 100 bosh atrofida bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunga kelib esa bu qo‘ylar 5000 boshdan oshdi. Agarda Respublikamizda ushbu qo‘ylar soni 25 ming boshga yetkazilganda, 100 tonna to‘qimachilik sanoatiga zarur bo‘lgan mayin va yarimmayin jun bilan to‘liq ta’minlanadi, import o‘rnini bosuvchi sanoatbop jun yetishtiriladi, valyuta tejaladi.

Qo‘ychilik ilm fanida ilk bor xorijdan naslli qo‘chqorlarning muzlatilgan urug‘lari olib kelindi va tajriba tariqasida O‘zbekistonning go‘shtdor-serjun sovliqlarida sun’iy urug‘lantirish joriy etildi. Rossiyadan yarim mayin jun beruvchi merinos qo‘ylari olib kelindi va ularda seleksiya ishlari yo‘lga qo‘yildi. Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida mahalliy qo‘ylarning mahsuldorligi yuqori bo‘lgan go‘sht-yog‘ yo‘nalishidagi “Farg‘ona-Rishton-Dasht” zavod tipi yaratildi. Mazkur tipga mansub qo‘chqorlarining tirik vazni 100-110 kg-ni, sovliqlarniki 55-60 kg-ni tashkil etadi.

Namangan viloyatida jundor angor zotli echkilarning jun mahsuldorligini oshirish maqsadida angor zotli №JF 77990 va №JF 77159 nasldor takalardan foydalanib, seleksiya ishlari olib borilgan va 2 ta “Chust” va “Dasht” liniyalari yaratilgan. Yaratilgan birinchi “Chust” liniyasining o‘rtacha jun mahsuldorligi 4,7 kg va ikkinchi “Dasht” liniyasining o‘rtacha jun mahsuldorligi 5,3-kg ni tashkil qildi. Nazorat guruhida o‘rtacha jun mahsuldorligi 2,8 kg-ni tashkil qilgan. Yaratilgan “Chust” liniyasining jun mahsuldorligi 1,9 kg-ga yoki 167 foizga, ikkinchi “dasht” liniyasining jun mahsuldorligi 2,5 kg ga yoki 189 foiz yuqori mahsuldorlikka erishilgan. Angor zotli echkilar genofondini saqlab qolish imkoniyatini kengaytirish maqsadida naslli taka va echkilar Namangan viloyati Pop va Kosonsoy tumanlari, Toshkent viloyatining Ohangaron tumanidagi echkichilik xo‘jaliklariga yetkazib berilgan. Qizilqum cho‘l yaylov sharoitida mahalliy echkilarni go‘sht yo‘nalishidagi bursk zotli takalar bilan chatishtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan mahalliy ona echkilar bursk zotli takalar bilan chatishtirilgan va birinchi bo‘g‘in duragay uloqlari olingan va ularni o‘rtacha tirik vazni 3,0 kgni tashkil qilgan. Hozirgi kunda Turkiyadan 1000 bosh naslli echkilar olib kelingan bo‘lib, ularning mahalliy sharoitga moslashishini o‘rganish ishlari olib borilmoqda va seleksiya ishlari yo‘lga qo‘yildi.

Chorva mollarini oziqlantirishni takomillashtirishda kam konsentrat tipli ozuqa ratsionidan foydalanish texnologiyasini ishlab chiqildi.

Nasldor va sport otlari uchun sun’iy (madaniy) yaylovlarni o‘rganish, levadalar barpo etish va otlarni boqishga qaratilgan ilmiy-tadqiqotlar natijasida xo‘jalikda mavjud yaylovlarni botanik tarkibi tahlil qilingan. Sun’iy ravishda madaniy yaylovlar yaratilgan. Otlarni boqishda levada to‘siqlarning parametrlari va otlarni saqlashning texnologik usuli ishlab chiqilgan. Qorabayir zotli otlarning yangi liniyalarini yaratish bo‘yicha tadqiqotlar yo‘lga qo‘yilgan.

Mahalliy populyasiyadagi asalarilarni yuqori mahsuldor Karpat zotli asalarilar bilan chatishtirish orqali mahsuldorligi 10-15 foizga yuqori bo‘lgan yangi duragay avlod yaratilgan. 2024 yilda asalarining yangi liniyasi yaratildi va patent olindi. Shuningdek asalarilarni qo‘shimcha oziqlantirish usullarini ishlab chiqish, hamda asalarilarning varraotoz kasalligidan davolashning samarali usullarini yaratish ishlanmalariga patent olingan.

Xonaki parrandalarning yangi krosslarini yaratishga qaratilgan ilmiy izlanishlar yo‘lga qo‘yilgan va hozirda xonaki parrandalarning ota-onalik galalari parvarish qilinib ularning otalangan tuxumlari va inkubatordan chiqqan jo‘jalari aholiga tarqatilmoqda.

Quyonlarni jadal yetishtirishda akseleratsion texnologiya ishlab chiqilmoqda. Akseleratsion texnologiyasi yil davomida optimal sharoitda quyonlarni tug‘dirish hisobiga go‘sht mahsuldorligini oshirishga va sifatli mo‘yna olishga yordam beradi. Go‘sht yo‘nalishidagi quyonlarning mahalliy duragaylarini yaratish bo‘yicha tadqiqot ishlari yo‘lga qo‘yilgan.

Ozuqabop ekinlardan ildizmeva hosildorligi 800-1000 s/ga bo‘lgan hashaki lavlagining yangi “Hosildor” navi, makkajo‘xorining don hosildorligi 100-120 s/ga bo‘lgan, ko‘k massa hosildorligi 500-600 s/ga bo‘lgan “O‘zbekiston-2018” navi, javdarning don hosildorligi 35-40 s/ga, ko‘k massa hosildorligi 300-350 s/ga bo‘lgan “Shalola” navi, issiqqa hamda o‘rta darajada sho‘rlanishga bardoshli, pichan hosildorligi 200-250 s/ga bo‘lgan qashqarbedaning “Qibray” navi, o‘rta darajada sho‘rlanishga suv tanqisligiga chidamli bo‘lgan, ko‘p o‘rimli ko‘k massa hosildorligi 800-1000 s/ga bo‘lgan oqjo‘xorining “O‘zbekiston-5”, “O‘zbekiston-18” navlari yaratilgan. Ozuqa bazasini mustahkamlashda oraliq ekinlarni kuzgi muddatda ekib yetishtirib olish uchun boshoqli va dukkakli ekinlarni aralash holda, yozgi muddatda takroriy ekin sifatida ekish uchun makkajo‘xorini moyli va dukkakli ekinlar bilan aralash holda hamda suv tanqis va o‘rta darajada sho‘rlangan yerlarda ekib yetishtirish uchun qashqarbedaning boshoqli ekinlar bilan aralash holda yetishtirish texnologiyalari ishlab chiqilgan.

Manba: institut kitobi (Toshkent, 2024). Ma’lumotlar 2024-yil holatiga ko‘ra keltirilgan.