UZLIVESTOCKChorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti

Xalqaro hamkorlik

Koreya Respublikasi

KOPIA markazi (RDA)

2015-yildan qoramolchilikni rivojlantirish, TMR texnologiyasi, seleksiya va naslchilik bo‘yicha qo‘shma loyihalar.

Xalqaro tashkilot

BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi

Yevropa Ittifoqi moliyalashtirgan EU-AGRIN loyihasi doirasidagi hamkorlik.

Xalqaro tashkilot

ICARDA — Qurg‘oqchil hududlarda qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari xalqaro markazi

Ozuqabop ekinlar nav namunalari va elektron ma’lumotlar bazasi bo‘yicha hamkorlik.

Germaniya

Gissen universiteti

Kitobda institutning xorijiy hamkorlari qatorida keltirilgan.

Rossiya Federatsiyasi

Qo‘ychilik va echkichilik ilmiy-tadqiqot instituti

Qo‘ychilik va echkichilik sohasidagi ilmiy hamkorlik.

Rossiya Federatsiyasi

Qalmiq davlat universiteti

Kitobda institutning xorijiy hamkorlari qatorida keltirilgan.

Qozog‘iston

Chorvachilik va ozuqa yetishtirish ilmiy-tadqiqot instituti

Kitobda institutning xorijiy hamkorlari qatorida keltirilgan.

Qirg‘iziston

Osh davlat universiteti

Kitobda institutning xorijiy hamkorlari qatorida keltirilgan.

Tojikiston

Chorvachilik ilmiy-tadqiqot instituti

Kitobda institutning xorijiy hamkorlari qatorida keltirilgan.

Manba: institut kitobi (Toshkent, 2024). Ma’lumotlar 2024-yil holatiga ko‘ra keltirilgan.

Loyihalar

Xalqaro loyihalar

Xalqaro hamkorlik haqida

Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti ko‘p yillardan buyon Janubiy Koreyaning RDA tashkiloti tizimidagi KOPIA markazi, BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi Germaniyaning Gissen universiteti, Rossiya Federatsiyasining Qo‘ychilik va echkichilik ilmiy-tadqiqot instituti va Qalmiq davlat universiteti, Qozog‘izsotnning Chorvachilik va ozuqa yetishtirish ilmiy-tadqiqot instituti, Qirg‘izistonning Osh davlat universiteti, Tojikistonning Chorvachilik ilmiy-tadqiqot instituti va boshqa birga qancha universitet, ilmiy-tadqiqot institutlari hamda markazlari bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirib kelmoqda.

Institut 2015-yildan buyon Janubiy Koreyaning RDA tashkiloti tizimidagi KOPIA markazi bilan hamkorlikda qoramolchilik tarmog‘ini rivojlantirish, qoramollar mahsuldorligini oshirish, seleksiya va naslchilik ishlarini takomillashtirish borasida bir qancha loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.

Xususan, O‘zbekistonning barcha viloyatlari bo‘ylab 600 ga yaqin aholi xonadonlarida mahalliy qoramollarni Koreyaning TMR texnologiyasi asosida parvarishlash hamda qoramollarning sut va go‘sht mahsuldorligini oshirish borasida salmoqli ishlarni amalga oshirgan. Qoramollarni TMR texnologiyasi asosida parvarishlash natijasida – ularning sut mahsuldorligini 30% gacha, buqachalar tirik vaznining o‘sishini 20% gacha va go‘sht sifatini 4 balga oshirishga, qoramollarni oziqlantirishda ozuqalar sarfini 20% gacha kamaytirishga va aholi xonadon egalarining daromadini 20% gacha oshishi kabi ijobiy natijalarga erishgan.

Loyihalar doirasinida TMR ozuqasi tayyorlash uchun mo‘ljallangan 2 xil hajmdagi “Mini mikser” texnikasi yaratilgan. Ushbu texnika bir vaqtning o‘zida ozuqalarni maydalash va aralashtirish imkoniyatiga ega. hozirda yaratilgan uskuna hujjatlari patentlashtirish uchun Intellektual mulk agentligiga taqdim etilgan.

Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi Kopia markazi bilan hamkorlikda Koreyaning TOP-10 taligiga kiruvchi golshtin zotli yuqori mahsuldor naslli buqa urug‘lari olib kelinib, 14 ta fermer xo‘jaliklarida sun’iy urug‘lantirish ishlari amalga oshirildi va birinchi avlod buzoqlari olinmoqda. Kelgusida Koreya buqalari uru‘gidan tug‘ilgan buzoqlar sertifikatsiyalanadi va golshtin zotli mollarning yangi tipi yaratiladi.

Bundan tashqari, hozirgi kunda institut tajriba xo‘jaligida Koreya seleksiyasi mansub buqa urug‘idan tug‘ilgan buqachalarning o‘sish-rivojlanishi va mahsuldorligini o‘rganish maqsadida amaliy tadqiqotlar olib borilmoqda.

2023 yil AQSh va Janubiy Koreyadan yuqori mahsuldor Golshtin zotli sigirlardan olingan embrionlar olib kelindi va Toshkent viloyatining 3 ta fermer xo‘jaligida embrion transplantasiyasi amalga oshirildi va bugungi kunga kelib sog‘lom buzoqlar olishga erishildi.

Bundan tashqari KOPIA markazi bilan hamkorlikda Farg‘ona viloyati Furqat tumanidagi aholi xonadonlarida sog‘in sigirlarning sut mahsuldorligini oshirish bo‘yicha ham tadqiqot ishlari amalga oshirildi. Tadqiqotlar davomida xonadonlardagi sog‘in sigirlarni TMR texnologiyasi asosida oziqlantirish natijasida ularning sut mahsuldorligini 30% ga, sut tarkibidagi yog‘ miqdorini 0,3% ga oshirishga erishildi.

Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi KOPIA markazi bilan hamkorlikdagi loyihalar davom etib kelmoqda va kelgusida bir qator yirik loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Institutning Ohangaron bo‘limi olimlari tomonidan Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan, BMT Taraqqiyot Dasturining Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorligidagi “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sektorining “yashil iqtisodiyot”ga inklyuziv o‘tishini qo‘llab quvvatlash va iqlimga yo‘naltirilgan qishloq xo‘jaligi bilimlari va innovatsion tizimini rivojlantirish (EU-AGRIN)” loyihasi “Go‘shtdor-serjun merinos qo‘ylarni sun’iy urug‘lantirish orqali go‘sht va jun mahsulotlari yetishtirish” mavzusida innovatsion loyiha amalga oshirib kelinmoqda. Loyihada xorijdan olib kelingan naslli qo‘chqorlarning muzlatilgan urug‘lari bilan go‘shtdor-serjun merinos sovliqlarni sun’iy urug‘lantirish hamda yaylovlardan samarali foydalanish asosiy maqsad qilib olingan.

Loyiha natijasida respublikamizda ilk bor xorijdan keltirilgan jahon genofondiga xos naslli qo‘chqorlarning muzlatilgan urug‘lari bilan mahalliy sharoitda go‘shtdor-serjun merinos sovliqlarda sun’iy urug‘lantirish joriy etiladi, respublikamiz tog‘ va tog‘oldi hududlari sharoitida fermer xo‘jaligi yaylovlarida ilk bor qo‘ylarni tartibli almashlab boqish tizimi joriy etiladi.

Manba: institut kitobi (Toshkent, 2024). Ma’lumotlar 2024-yil holatiga ko‘ra keltirilgan.