UZLIVESTOCKChorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti

Institut tarixi

Institut 1939-yil 25-noyabrda tashkil topgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-martdagi «Veterinariya va chorvachilik sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5696-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” gi PQ-4254-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019-yil 1-apreldagi 18-i/ch-sonli buyrug‘i asosida Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi tarkibidan chiqarilib O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tarkibiga kiritildi.

Institut tashkil topganidan boshlab Y.M.Yershova, akademik Sh.A.Akmalxonov, professor U.N.Nosirov, professor M.I.Ashirov, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodimlari I.I.Hafizov va E.S.Umarovalar rahbarlik qilib kelishgan.

Manba: institut kitobi (Toshkent, 2024). Ma’lumotlar 2024-yil holatiga ko‘ra keltirilgan.

Tarix

Institut tarixidagi muhim sanalar

  1. 1932

    Yilqichilik stansiyasi va qo‘ychilik laboratoriyasi

    31-yanvarda Toshkentda Butunittifoq yilqichilik institutining O‘rta Osiyo hududiy stansiyasi tashkil etilgan; qo‘ychilik va echkichilik laboratoriyasi ish boshlagan.

  2. 1936

    Angor zotli echkilar keltirildi

    AQShdan 50 bosh angor zotli taka import qilingan.

  3. 1939

    Institut tashkil topdi

    Institut 1939-yil 25-noyabrda tashkil topgan. Shu yili ozuqa yetishtirish va ozuqabop ekinlar seleksiyasi bo‘limi ham tashkil etilgan.

  4. 1953

    Qoramolchilik bo‘limi

    Qoramolchilik bo‘limi tashkil topgan.

  5. 1958

    Asalarichilik bo‘limi

    Bo‘stonliq tumanidagi asalarichilik tayanch punkti negizida tashkil etilgan.

  6. 1963

    Parrandachilik bo‘limi va “O‘zbekiston jundor” echki zoti

    Parrandachilik bo‘limi tashkil topgan; “O‘zbekiston jundor” echki zoti yaratilgan.

  7. 1972

    Qorabayirning yangi tizimlari

    Qorabayir zotining “Basket” va “Filin” tizimlari yaratilgan.

  8. 1980

    Qora-ola zotining yangi liniyalari

    Qora-ola zotining ikkita yangi liniyasi yaratilib tasdiqlangan.

  9. 2008

    Qashqadaryo filiali

    Institutning Qashqadaryo filiali tashkil etilgan; 2017-yilda ilmiy-tajriba stansiyasiga aylantirilgan.

  10. 2015

    KOPIA markazi bilan hamkorlik

    Janubiy Koreyaning KOPIA markazi bilan qoramolchilikni rivojlantirish bo‘yicha loyihalar boshlangan.

  11. 2017

    Ohangaron bo‘limi

    Institutning Ohangaron bo‘limi mart oyidan faoliyat boshlagan.

  12. 2018

    “Vodiy” tipi va liniyalarga patentlar

    “Vodiy” tipi, “Emil” va “Roksi” liniyalari hamda “Navbahor” oilalariga 4 ta patent olingan.

  13. 2019

    Davlat qo‘mitasi tarkibiga o‘tish

    Institut Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tarkibiga kiritilgan. Quyonchilik seleksiyasi va genetika markazi tashkil etilgan; “O‘zbekiston-2018” va “Shalola” navlari davlat reyestriga kiritilgan.

  14. 2021

    Parrandachilik bo‘limi qayta tashkil qilindi

    PQ-5146-son qaror bilan institutda “Parrandachilik” bo‘limi qayta tashkil qilingan.

  15. 2022

    Yangi bo‘lim va laboratoriyalar

    Chorvachilikni innovatsion boshqarish bo‘limi tashkil etilgan; Biotexnologiya va Biokimyo laboratoriyalari hozirgi nomini olgan.

  16. 2023

    Asalarichilik stansiyasi va maktabi

    “Asalarichilik tajriba stansiyasi” va “Asalarichilik maktabi” tashkil etilgan; Toshkent viloyatida embrion transplantatsiyasi amalga oshirilgan.

  17. 2024

    Asalarining yangi liniyasiga patent

    Mahalliy populyatsiyadagi asalarilarning yangi liniyasiga patent olingan.

Manba: institut kitobi (Toshkent, 2024). Ma’lumotlar 2024-yil holatiga ko‘ra keltirilgan.