Institut haqida
Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti Respublikada yetakchi ilmiy muassasa hisoblanadi. Institut 1939-yil 25-noyabrda tashkil topgan. Institut faoliyati davomida yuzlab fan nomzodlari, falsafa doktorlari hamda fan doktorlari yetishib chiqqan bo‘lib, chorvachilik va parrandachilik tarmoqlari rivojiga munosib hissa qo‘shib kelishmoqda.
Institutning ilmiy-tadqiqot ishlari chorvachilik, parrandachilik va ozuqabop ekinlar seleksiya-urug‘chiligi sohalarida ilmiy asoslangan ishlanmalarni yaratish va amaliyotga tatbiq etish, ushbu sohalarda yuzaga kelgan muammolarni o‘rganish, chorva mollari mahsuldorligini oshirish, zotini yaxshilash kabi muhim va dolzarb masalalarga qaratilgan.
Manba: institut kitobi (Toshkent, 2024). Ma’lumotlar 2024-yil holatiga ko‘ra keltirilgan.
Maqsad va vazifalar
Asosiy maqsadi
Qishloq xo‘jaligining chorvachilik va parrandachilik sohalarida ilmiy-amaliy asoslarni takomillashtirish yuzasidan ilmiy-tadqiqotlar olib borish hamda shu asosda ilmiy-texnik mahsulotlar ishlab chiqish - institutning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Vazifalari
- qishloq xo‘jaligining chorvachilik va parrandachilik sohalarida ilmiy-tadqiqot ishlarining strategik yo‘nalishlari va istiqbolli mavzularini belgilash, qishloq xo‘jaligini intensiv rivojlantirish va sohada mavjud muhim muammolar bo‘yicha ilmiy izlanishlar o‘tkazishni tashkil etish ilmiy-uslubiy va ilmiy-amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish
- seleksiya yutuqlarini, chorva ozuqalarini sinovlardan o‘tkazish, chorva mollari turlari bo‘yicha ratsion asosida omuxta yemlar ishlab chiqarish, ozuqabop qishloq xo‘jalik ekinlarida birlamchi urug‘chilik ishlarini olib borish, hududlarning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda ilg‘or ilmiy ishlanmalar va intensiv agrotexnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish
- ilmiy xodimlarining kasbiy malakasini doimiy ravishda oshirish va takomillashtirib borish, anjumanlar, seminarlar va treninglarni o‘tkazish, ko‘rgazmali yarmarkada qatnashish, ma’ruzalar, videoroliklar va internet axborot resurslarini tashkil etish, soha mazmunidagi kitoblar, plakatlar, monografiya va to‘plamlar chop etish
- ilmiy yo‘nalishda fan doktorlari tayyorlash, mos yo‘nalishlardagi yetakchi xorijiy ilmiy muassasalar, oliy o‘quv yurtlari, markazlar bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, belgilangan tartibda xorijiy grantlarni jalb etish, mutaxassislar, to‘plangan tajribalar va axborotlar almashuvini ta’minlash.
Institutning ilmiy-tadqiqot ishlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3057, PQ-3327, PQ-4254, PQ-5146, PQ-5975, PQ-5024, PQ-4243, PQ-4576, PQ-5211, PQ-120, PQ-121 sonli va boshqa qarorlari ijrosi bo‘yicha chorvachilik, parrandachilik va ozuqabop ekinlar seleksiya-urug‘chiligi sohalarida ilmiy-asoslangan ishlanmalarni yaratish va amaliyotga tadbiq etish, ushbu sohalarda yuzaga kelgan muammolarni o‘rganish, chorva mollari mahsuldorligini oshirish, zotini yaxshilash kabi muhim va dolzarb masalalarga qaratilgan.
Manba: institut kitobi (Toshkent, 2024). Ma’lumotlar 2024-yil holatiga ko‘ra keltirilgan.