UZLIVESTOCKChorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti

Markaz

Quyonchilik seleksiyasi va genetika markazi

2019-yilda tashkil etilgan. Broyler turidagi duragay quyonlar, akseleratsion quyonchilik texnologiyasi va mini-fermalar.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-avgustdagi “Respublikada quyonchilik sohasidagi ilmiy faoliyatni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VM-647 son qarori asosida “Quyonchilik seleksiyasi va genetika markazi tashkil etilgan.

Hozirgi kunda “Quyonchilik seleksiyasi va genetika markazi” direktori Karim Imamnazarovich Xidirov rahbarligida ilmiy tadqiqotlar bajarilmoqda.

Markazda 3 ta bo‘lim va 1 ta laboratoriya faoliyat yuritadi.

Erishilgan natijalar

Markaz olimlari tomonidan 2020-2023 yillar davomida quyonlarni oziqlantirish ratsionlari va me’yorlari, respublikamiz sharoitida saqlash parametrlari, quyonlarda uchraydigan kasalliklarni oldini olish profilaktik sxemasi, su’niy urug‘lantirish, probiotiklarni qo‘llash usullari ishlab chiqilgan. Hududlarda aholini sohaga jalb qilish maqsadida “Quyonchilik ilmiy-amaliy maktab”lari tashkil qilindi va 203 nafar tashabbuskorlar malakasini oshirdi.

Hozirgi paytdagi ilmiy izlanishlarning asosiy yo‘nalishlari

Markazda ikkita amaliy loyiha bajarilmoqda:

  • “Broyler turiga mansub duragay quyon avlodlarini yaratish” loyihasi doirasida mahalliy ona quyonlarni flandr zotli quyonlar bilan urug‘lantirib I avlod duragay quyonlar olindi. Ularning o‘sish va rivojlanishi mahalliy quyonlardan 17 foizga yuqori bo‘lganligi kuzatildi. Lekin go‘sht mahsuldorligi va go‘shtning sifati qoniqarli bo‘lmaganligi tufayli I avlod duragay ona quyonlar quyonlar kaliforniya quyon zoti bilan qochirildi va II avlod duragay quyonlar olindi. II avlod duragay quyonlarning so‘yim chiqimi 58 foiz, 77 kunlik yoshida tirik vazni 2450 g, quyon bolalarining xayotchanligi 96 foyizga yetkazildi.
  • “Akseleratsion quyonchilik texnologiyasini yaratish” loyihasi asosida aholi va fermer ho‘jaliklari uchun resurstejamkor konstruktiv yechim - mini ferma ishlab chiqildi. Minifermalarda quyonlar o‘zlarini komfort sezadi. Bunday mini fermalar ochiq joylarda, daraxtlar soyasida joylashtirishga mo‘ljanlangan va xaftada bir-ikki marta quyonlarni ozuqa va suv bilan ta’minlash va yig‘ilgan go‘ngni tozalash kifoya qiladi.

Bo‘limda hozirgi paytdagi ilmiy izlanishlarning asosiy yo‘nalishlari

Markaz olimlari tomonidan qo‘lga kiritilgan natijalarni ishlab chiqarishga tadbiq etish, ilmiy-amaliy maktablarni sonini oshirish, ilmiy izlanishlarni chetdan keltirilgan quyonlarning adaptatsiya va akklimatizatsiya xususiyatlarini oshirish usullarini yaratish, quyonlar uchun protein-vitamin ozuqa qo‘shimchalarini tabiiy usulda ishlab chiqish, tivit va mo‘yna yo‘nalishidagi quyonlarning mahsuldorligini oshirishga tadqiqotlarni yo‘naltirish belgilangan.

Manba: institut kitobi (Toshkent, 2024). Ma’lumotlar 2024-yil holatiga ko‘ra keltirilgan.

Ilmiy bo‘limlar