UZLIVESTOCKChorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti

Bo‘lim

Parrandachilik bo‘limi

1963-yilda tashkil topgan, 2021-yilda qayta tashkil qilingan. “O‘zbekiston” krossi va aholi xonadonlari uchun mahsuldor tovuq duragaylari.

Bo‘lim 1963 yilda tashkil topgan. Bo‘limda S.G‘.Azimov, E.B.Ribina, V.Xon, H.M.Rasulev, L.F.Rakov, M.Xudoyqulov, F.Salixov, H.Chola, M.X.Gaipova, Y.Mirzaliev, M.X.Xamidov, R.G.Valiev, Z.Q.Aripjanov, X.Q.Alimov, A.A.Rizaev, T.Aripjanov, D.S.Azimov, F.SH.Nasibullina, I.N.Xushvaqtov, G.K.Aripxodjaeva, A.T.Raximovlar faoliyat ko‘rsatishgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-iyundagi “Parrandachilikni rivojlantirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5146-son qarori bilan institutda “Parrandachilik” bo‘limi qayta tashkil qilingan.

Erishilgan natijalar

S.G‘.Azimov, E.B.Ribina, Z.M.Ashurov va ularning shogirdlari tomonidan go‘sht va tuxum yo‘nalishidagi parranda zotlari va tizimlarining mahsuldorligini oshirish va iqlimga moslashtirishning ilmiy asoslari ishlab chiqilgan. Yiliga 260-270 dona tuxum beradigan tovuqlarning duragaylari yaratilgan. S.G‘.Azimov seleksiya ishlarida samarali bo‘lgan polikross chatishtirish usulini qo‘llab, serpusht tovuqlapning 10 ta tizimi asosida yukori mahsuldor “O‘zbekiston” krossi yaratilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Patent idorasi tomonidan S.G‘.Azimovga 3 ta patent va 3 ta guvoxnomalar berilgan. So‘ngi yillarda “Parrandachilik” bo‘limi tomonidan broyler parrandalarning onalik shakillarini kulangi (dakang) zoti bilan chatishtirish orqali o‘z tanasini dast ko‘tarib yura oladigan mustahkam tayanch tizimiga ega, yuqori immunitet ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan F1 duragay avlodlar olindi va aholi xonadonlarida parvarishlashga joriy qilindi.

Ilmiy izlanishlarning asosiy yo‘nalishlari

Aholi xonadonlarida parvarishlashga mo‘ljallangan, tabiiy iqlim sharoitlariga chidamli hamda yuqori mahsuldorlik ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan xonaki tovuqlarning yuqori mahsuldor duragaylarini yaratish maqsadida ilmiy tajribalar olib borilmoqda.

Istiqboldagi rejalar

“Parrandasanoat” uyushmasi hamda Chexiya davlatining “Domkur” kompaniyasi bilan hamkorlikda, “Parrandachilik” bo‘limiga kelgusida yangi duragay yaratish uchun Chexiyaning “Dominanta D149” krossining ota-onalik shakllarini keltirib, chatishtirishlar natijasida 3 ta duragay avlod yaratilib, aholi xonadonlarida hamda parrandachilik xo‘jaliklarida joriy qilinishi rejalashtirilgan.

Manba: institut kitobi (Toshkent, 2024). Ma’lumotlar 2024-yil holatiga ko‘ra keltirilgan.

Ilmiy bo‘limlar