UZLIVESTOCKChorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti

Bo‘lim

Ozuqa yetishtirish, ozuqabop ekinlar seleksiyasi va urug‘chiligi bo‘limi

1939-yilda tashkil etilgan. Ozuqabop ekinlarning 20 dan ortiq nav va duragaylari, jumladan “O‘zbekiston-2018”, “Shalola” va “Qibray” navlari.

Ozuqa yetishtirish, ozuqabop ekinlar seleksiyasi va urug‘chiligi bo‘limi 1939-yilda tashkil etilgan. Bo‘limda turli davrlar mobaynida O‘zFA muxbir a’zosi, professor I.V.Massino, q.x.f.nomzodlari: S.M.Ahmedova, X.Ibragimov, A.S.Xoliqov, N.L.Morozov, S.Q.Qadamov, Y.G.Ayrapetov, V.Rogov, H.Muminov, A.Gafurjanov, D.Yedenbayev, S.M.Axmedova, V.I.Germanovich, Sh.Qosimov, I.Mamasaliyev, A.Nurmatov, R.Muhammadiyev, L.Markova, T.O‘taquziyev, M.A.Yuldashev, G.Quvvatova, V.Aripjanov, U.Qodirov, O.Qaxxorov, Q.Ashurov, B.D.Allashov, S,G‘.Jamolov va boshqalar ilmiy faoliyat ko‘rsatib kelishgan. Hozirgi vaqtda bo‘limda Axmedov Tulqin Pardayevich rahbarligi ostida laborant M.Bonni bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Erishilgan natijalar

Bo‘limda olimlari tomonidan ozuqabop ekinlarning 20 dan ortiq nav va duragaylari (makkajo‘xorining “O‘zbekiston-100”, “O‘zbekiston-601 ESV”, “Qorasuv-350 AMB”, oqjo‘xorining “O‘zbekiston-5”, “O‘zbekiston-18”, “Toshkent oq donlisi”, “O‘zbekiston pakanasi”, sulining “O‘zbekiston keng bargli”, “Toshkent-1”, hashaki lavlagining “O‘zbekiston-83”, “O‘zbekiston nimqandi”, qashqarbedaning “Qibray” navlari va boshqalar) yaratilib, davlat reestriga kiritilgan va ishlab chiqarishga joriy etilgan. Shuningdek, bo‘lim ilmiy faoliyati davomida har bir gektar yerdan 10-12 tonna ozuqa birligi yetishtirish, ko‘k massa hosildorligini 300-350 sr/ga bo‘lgan oraliq ekinlarni aralashma holda ekish kabi texnologiyalar ishlab chiqilgan. Oxirgi yillarda makkajo‘xorining yangi “O‘zbekiston-2018”, javdarning yangi “Shalola” navlari yaratilib, 2019-yildan davlat reestriga kiritilgan. Qashqarbeda boshsoqli ekinlar bilan, takroriy ekinlarni maqbul muddatlarda ekish va oraliq ekinlarni aralash holda ekish texnologiyasi ishlab chiqilgan

Bo‘limda hozirgi paytdagi ilmiy izlanishlarning asosiy yo‘nalishlari

Bo‘lim xodimlari tomonidan - institutda yaratilgan yangi navlarni yetishtirish agrotexnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Makkajo‘xorining “O‘zbekiston-2018” navini bahorgi muddatda don va silos uchun ekib yetishtirishda don uchun turli xil variantlarda har xil ko‘chat qalinligida, turli muddatlarda ekish, har xil me’yorlarda mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish samaradorligini o‘rganish maqsadida sinash, hamda don, ko‘k massa hosildorligi va boshqa qimmatli xo‘jalik belgilarini o‘rganish;

  • javdarning “Shalola” navini yetishtirish agrotexnikasini ishlab chiqish maqsadida kuzgi muddatda turli variantlarda har xil me’yorlarda, turli mudatlarda, hamda har xil me’yorlarda mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirilib, eng maqbul variantini aniqlash
  • institut tajriba dalalarida ozuqabop ekinlardan sulining “O‘zbekiston keng bargli”, tritikalening “Kumushsimon prag”, javdarning “Shalola”, hashaki lavlagining “O‘zbekiston-83”, makkajo‘xorining “O‘zbekiston-2018” navlari bo‘yicha birlamchi urug‘chilik ishlari olib borilmoqda.

Istiqboldagi rejalar

  • Qurg‘oqchilikka va sho‘rga chidamli ozuqabop ekinlarning yangi navlarini yaratish; 2.Yangi navlarlarni sinash hamda ularni yetishtirish agrotexnikasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish
  • Ozuqabop ekinlar yangi navlarining birlamchi urug‘chiligini tashkil qilishdan iborat.

Manba: institut kitobi (Toshkent, 2024). Ma’lumotlar 2024-yil holatiga ko‘ra keltirilgan.

Ilmiy bo‘limlar