UZLIVESTOCKChorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti

Bo‘lim

Qishloq xo‘jaligi hayvonlarini oziqlantirish va chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi bo‘limi

Ozuqalarni zamonaviy tahlil qilish, ratsionlarni muvozanatlashtirish va ozuqalarning kimyoviy tahlillari elektron bazasini yaratish.

Bo‘lim dastavval “Sut ishlab chiqarish texnologiyasi va qishloq xo‘jalik hayvonlarini oziqlantirish” bo‘limi sifatida o‘z faoliyati boshlagan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-martdagi PQ-4254 sonli qarorining 20-ilovasiga asosan “Qishloq xo‘jaligi hayvonlarini oziqlantirish va chorvachilik mahsulotlarini io‘lab chiqarish texnologiyasi” bo‘limi sifatida qayta tashkil etilgan. Bo‘limda turli davrlarda O‘zFA muxbir a‘zosi, professor K.K.Karibayev, q.x.f.nomzodlari: M.M.Mirxidoyatov, D.K.Karibayeva, M.Aybashev, M.Baratov, U.Karimov, O.Ibragimov, F.M.Avlayev, X.S.Muhitdinova, R.A.Li, S.Ibragimov, M.Bumedjeriya, A.P.Bezverxov, T.Sh.Akmalxonov, A.X.Boltayev, Sh.M.Bo‘riboyev, A.K.Jaylova, K.Maxmudova, D.O.Raxmonov, B.X.Jumadullayevlar faoliyat olib borishgan.

Erishilgan natijalar

Akademik Sh.A.Akmalxonov boshchiligida sut ishlab chiqarishning mavjud texnologiyasini takomillashtirish, sigir yo‘ldoshidan va og‘iz sutidan olinadigan biologik preparatlardan mollarni pushtdorligini oshirishda foydalanish, O‘zbekistonning mahalliy ozuqa manbalaridan foydalanib oziqlantirishning to‘la qiymatli ratsionlarini ishlab chiqish, maxsar shroti va kunjarasini yosh qoramollarni oziqlantirishda foydalanish, yitik shoxli qoramollarni o‘sishini va mahsuldorligini oshirishda biologik faol organomineral qo‘shimchalar bilan boyitilgan oziqlantirishning maqbul texnologiyasini ishlab chiqish, respublikamizning biogeokimyoviy va iqlim sharoitida chetdan keltirilgan qoramollarni maslashish salohiyatini shakillanrieish mexanizmini ishlab chiqish kabi bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan.

Hozirgi paytdagi ilmiy izlanishlar

Chorva mollari ozuqasini zamonaviy tahlil qilish orqali ularning ratsionini muvozanatlashtirish usullarini ishlab chiqish, chorva mollarini sut va go‘sht mahsuldorligini oshirish, ularning umumiy sog‘ligini ta’minlash va foydalanish davrini uzaytirish, hududlar kesimida ozuqalarning kimyoviy tahlillari bazasini elektron shaklini yaratish kabi tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Istiqboldagi rejalar

  • qishloq xo‘jalik hayvonlari uchun muvozanatlashtirilgan ozuqa ratsionlari ishlab chiqish.
  • Chorva mollari uchun o‘zbek tilida yangi elektron ozuqa ratsioni dasturini ishlab chiqish.

Manba: institut kitobi (Toshkent, 2024). Ma’lumotlar 2024-yil holatiga ko‘ra keltirilgan.

Ilmiy bo‘limlar