2022-yilda tashkil etilgan. Innovatsion ishlanmalarni targ‘ib etish: kompost, mini-mikser, ICARDA ma’lumotlar bazasi, sun’iy ona ari yetishtirish.
Chorvachilikni innovasion boshqarish bo‘limi yangi tashkil etilgan yosh bo‘limlardan biri bo‘lib hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-fevraldagi O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida PF-67-son Farmoniga asosan Chorvachilikni innovasion boshqarish bo‘limi tashkil etilgan.
Bo‘limning asosiy vazifalari
Chorvachilik sohasida innovasion ishlanmalarni targ‘ib etish va amaliyotga tavsiya etishdan iboratdir.
Bo‘limda bugungi kunda amalga oshiralayotgan yo‘nalishlar
- Yangi innovatsion usulda tayyorlangan kompostni makkajo‘xori maydonlarida sinab ko‘rish va maqbul me’yorlarini aniqlash
- ChPITI va Janubiy Koreyaning “Kopia-O‘zbekiston” markazi hamda “LiveSteel” MChJ bilan hamkorlikda ishlab chiqarilgan ozuqalarni qorish mini mikser uskunasiga patent olish uchun hujjatlarni tayyorlash
- ICARDA (qurg‘oqchil hududlarda qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari) Xalqaro markazi va ChPITI ning ma’lumotlaridan foydalangan holda ma’lumotlar bazasini yaratish.
- Sun’iy usulda ona asalari yetishtirish va sun’iy urug‘lantirish hamda tijoratlashtirish
Amalga oshirilayotgan ilmiy izlanishlar va erishilgan natijalar
Yangi innovasion usulda tayyorlangan kompostni makkajo‘xorida sinab ko‘rish va maqbul me’yorlarini aniqlash maqsadida, institutning tajriba xo‘jaligida tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Tadqiqotlar o‘tkazilayotgan maydonlarda makkajo‘xorining “O‘zbekiston 2018” navining maqbul ekish me’yori aniqlanmoqda.
Tadqiqot olib borish natijasida ularda agrotexnik tadbirlar bilan birgalikda fenologik kuzatuvlar ham amalga oshirilib borilmoqda. Fenologik kuzatuvlar natijasida boshpoya balandligi, diametri, barglar soni, eni, uzunligi, so‘ta joylashgan bo‘g‘in, so‘ta uzunligi, so‘ta diametri va yerdan so‘tagacha bo‘lgan masofa aniqlandi. Laboratoriya tahliliga ko‘ra kompos berilgan makkajo‘xorining to‘yimliligi yuqori ekanligi aniqlandi.
ChPITI va Janubiy Koreyaning “Kopia-O‘zbekiston” markazi hamda “LiveSteel” MChJ bilan hamkorlikda ishlab chiqarilgan, ozuqalarni qorish mini mikser uskunasiga patent olish uchun hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Intellektual mulk agentligiga talabnomaga asosan topshirildi hamda ro‘yxatga olindi.
ICARDA (qurg‘oqchil hududlarda qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari) Xalqaro markazi va ChPITI ning ma’lumotlaridan foydalangan holda elektron ma’lumotlar bazasi yaratish maqsadida, keltirilgan 84 ta nav namunalari 2023-yilda ekilib, shundan 32 ta nav namunalari saralab olingan. Saralab olingan nav namunalari 2024-yilda instutning tajriba xo‘jaligida ekildi va urug‘lari terib olindi.
Institut olimlari tomonidan ishlab chiqilgan “O‘zbekiston sharoitida sun’iy usulda ona asalari yetishtirish hamda ularni urug‘lantirish texnologiyasi” amaliyotda sinovdan o‘tkazildi. Sinov jarayonlarida chetdan keltirilgan naslli Karpat zotli erkak asalarilardan foydalanib, yuqori mahsuldor ona asalarilar yetishtirishga erishildi. Olingan natijalar asosida mutaxassislarga bilim va ko‘nikmalar berish maqsadida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi. Asalarichilar maktabi faoliyat yuritmoqda.
Manba: institut kitobi (Toshkent, 2024). Ma’lumotlar 2024-yil holatiga ko‘ra keltirilgan.